Biz bilan Toshkent metro bekatlarining zamonaviy va me'moriy ko'rinishi hamda, qiziqarli tarixi haqida ma'lumotlarga ega bo'ling!
Toshkent Metropolitenining bekatlari dunyodagi eng go'zal va shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi.
Toshkent Metropoliteni Markaziy Osiyodagi birinchi metro tizimi bo‘lib, 1977-yilda aholiga o‘z eshiklarini ochdi.
Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 70,5 km, yoʻllari soni 4 ta va bekatlari soni 50 ta. Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yoʻlovchi tashiladi. Toshkent Metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Toshkentdagi metro bekatlari nega bunchalik bezatilganligini yaxshiroq tushunish uchun Sovet Ittifoqi davriga qaytishimiz kerak.Sovet idealogiyasiga asosan, metro stantsiyalari Sovet hayotining go'zalligini ifoda etuvchi san'at asari bo'lishi kerak edi. Bundan tashqari Stalin hukmronligi ostida shaharlar kengayib borar ekan, ishchilarni A nuqtadan B nuqtaga olib borishning arzon usuliga ehtiyoj ham ortdi.
“Toshkent metropoliteni” bekatlarining eng e’tiborga molik jihatlaridan biri bu dekorativ mozaikalardan keng foydalanishdir. Bu mozaikalarda o‘zbek madaniyati, tarixi va tabiatining turli qirralari tasvirlangan.Toshkent metro stansiyalarida sovet dizaynini o‘zbek naqshlari bilan uyg‘unlashtirgan.Ularda an’anaviy naqshlar, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, taniqli shaxslar, kundalik hayot manzaralari namoyish etilib, bekatlarga o'zgacha ruh bag'sh etimoqda.
Toshkent metro bekatlarida sovet idealogiyasi bilan o‘zbek madaniyati uyg‘unlashgan.Loyihani yaratishda taniqli O‘zbekistonlik me’mor va rassomlar ishtirok etgan. Baʼzi bekatlar Oʻzbekistonning oʻziga xos madaniy yoki tarixiy jihatlarini ifodalaydi. Masalan, atoqli oʻzbek shoiri va faylasufi Alisher Navoiyga bagʻishlangan “Alisher Navoiy” bekati. Boshqa stantsiyalar ham shu kabi shoirlar nomi bilan, diqqatga sazovor joylar, yoki voqealar sharafiga nomlanishi mumkin.
Metro bekatilarining eʼlonlar berish jarayoniga (Ehtiyot boʻling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat…) suxandonlar Tuhfa Ahmedova va Manzura Ahmadaliyevalar ovoz berishgan. 2006-yildan boshlab Muslima Murodovaning ovozi oʻrnatilgan.
Best AI Website Maker
NARXLAR VA CHIPTALAR
Oldingi shaffof, plastik, ko'k rangli Toshkent metrosi chiptalari (tanga)
Hozirgi kundagi QR kodli qog'oz metro chiptalari. Naqd pulga 2000 so'mga sotib olishingiz mumkin. ATTO kartasi orqali 1700 so'm.