Bekat oq arkali shiftga osilgan billur chiroqlar bilan bezatilgan.
Novza bekati chilonzor liniyasida joylashgan bo'lib, uning shifti geometrik naqshlar bilan bezalgan. Asalari uychalariga o‘xshaydi. Ilgari Hamza deb atalgan va 2015-yilda nomini o‘zgartirgan.
Milliy bog' bekati 2006-yilgacha "Yoshlik" nomi bilan atalgan. Marmar ustunlar, poldagi qora chiziqlar va shiftning ikki chetidagi oq rangli oʻyma naqshlar bn milliy bogʻ bekati Sovet davri ruhini aks ettirib turadi.
Devorlari gullagan paxta o'simliklarining katta mozaikasi bilan bezatilgan. Yig'im-terim mavsumida majburiy bolalar mehnatidan foydalanilganligi haqida ma'lumotlar bor. Shunga qaramay, paxta O'zbekistonning milliy timsollaridan biridir.
“Paxtahor”dan keyin Mustaqilik maydoni bekatiga yetib kelamiz. Sovet davrida u Lenin maydoni deb nomlangan. Qizil liniyadagi bu bekat marmar ustunlar va qandillar bilan ajralib turadi.
Mustaqillik maydoni Qizilqum choʻlidan qazib olingan marmardan qurilgan boʻlib, qandillari billurdan yasalgan.
Temuriylar imperiyasi asoschisi Amir Temur sharafiga nomlangan. Bekatdagi devorlar va ustunlar Navoiy viloyatidan qazib olingan qizil marmardan yasalgan.
Bekatning diqqatga sazovor joyi shiftga o'yilgan an'anaviy naqshlaridir.
Amir Temur hiyoboni orqali Yunusobod liniyasining Yunus Rajabiy bekatiga yer osti tunneli orqali o'tish mumkin.
Afsonaviy rus adibi Aleksandr Pushkin sharafiga nomlangan. Shiftdagi qandillar oq marmar va smaltadan ishlangan. Bekatdagi ustunlar mramordan tayyorlangan. Bekatning devorlarini bronzadan yasalgan pannolar bezatib turipti va ularning birida Aleksandr Pushkin tasvirlangan.
Free AI Website Builder